O‘zbekistonda yagona o‘quv markaz biznesi bo‘yicha eksklyuziv dastur

O‘quv markaz egalari uchun

Bizga 10 hafta bering — markazingizni tizim bilan ishlaydigan biznesga aylantirishni ko‘rsatamiz

Yillab sinab-xato qilmasdan. «O‘quv markaz biznesi: A dan Z gacha» — ustozlar, sotuv, boshqaruv, marketing, moliya va filiallar bo‘yicha 30 ta amaliy dars. O‘zingizga qulay vaqtda o‘qiysiz.

Mualliflar «Registon» o‘quv markazidan: bitta binoda 3 000+ o‘quvchi va 2 viloyatda filiallar

Ariza 1 daqiqa oladi. Suhbat sizni hech narsaga majburlamaydi.

7
modul
30
dars
10
haftalik reja
12
oy ochiq
Dilshodbek Mo‘ydinov
Dilshodbek Mo‘ydinovOperatsion direktor
Muhammadqodir Sayidov
Muhammadqodir SayidovMarketolog

Tanishmi?

Nihoyat — o‘quv markazni tizimga solishning tez yo‘li

Hamma ish o‘zingizga bog‘liqligidan charchadingizmi? Kuchli ustoz ketsa, guruh ham ketishidan xavotirdamisiz? Reklamaga pul ketib, shartnoma kamligidan-chi? Markazingizni tezroq o‘stirishni xohlaysizmi?

Siz bir kun kelmasangiz, ish to‘xtaydi

Har bir savol, to‘lov va kelishmovchilik baribir sizga keladi.

Kuchli ustoz ketsa, guruh ham ketadi

O‘quvchilar ustozga bog‘lanib qolgan, markaz ularni ushlab qololmaydi.

Lid keladi, shartnoma kam

Qo‘ng‘iroq kech qilinadi, sinov darsidan keyin odamlar yo‘qolib qoladi.

O‘quvchilar 2–3 oyda chiqib ketadi

Ketayotganini oldindan bilmaysiz — to‘lov kelmay qolganda ko‘rasiz.

Pul aylanadi, foyda ko‘rinmaydi

Oy oxirida qancha topganingizni aniq aytib berolmaysiz.

Filial ochish xavfli tuyuladi

Bittasini zo‘rg‘a ushlab turibsiz, ikkinchisiga qanday ulgurasiz?

Biz o‘quv markaz egalariga markazni tizimga solib, o‘stirishga yordam beramiz. Ikkalamiz 2022-yildan o‘quv markazlar ichida ishlaymiz. Dilshodbek 4 yil «Registon»ning Farg‘ona va Andijondagi filiallarini boshqargan, hozir markazning operatsion direktori. Muhammadqodir «Registon»da jamoa bilan bitta binoda 3 000 dan ortiq o‘quvchi yig‘ishga erishgan. Kursga shu ishda sinalgan usullarni yig‘dik.

Yo‘l xaritasi

Tayyor reja bo‘yicha boring — yillab sinab-xato qilmaysiz

O‘quv markazni tizimga solish siz o‘ylagandan osonroq. Ko‘pchilik qadamlarning to‘g‘ri tartibini bilmaydi, shuning uchun yillar ketadi. Og‘ir qismini biz qildik: modullarni ketma-ket o‘tib, har darsdagi topshiriqni bajarsangiz, vaqtni tejaysiz va yolg‘iz urinib ko‘rgandan yaxshiroq natija olasiz.

Ariza qoldirish
  1. 01DiagnostikaMarkazingiz qayerda turganini raqamlarda ko‘rasiz1-hafta
  2. 02UstozlarKuchli jamoa va dars sifati nazorati2–3-hafta
  3. 03SotuvHar bir murojaatni shartnomaga aylantirish4-hafta
  4. 04BoshqaruvCRM, reglamentlar va KPI bilan ishlaydigan tizim5-hafta
  5. 05MarketingBarqaror lid oqimi va hisob-kitobli reklama6–7-hafta
  6. 06MoliyaAniq foyda, pul oqimi, zararsizlik nuqtasi8-hafta
  7. 07FiliallarIkkinchi filialni hisob bilan ochish va boshqarish9-hafta
  8. Natijalar kuni90 kunlik reja va «oldin va keyin» raqamlari10-hafta

Kurs ichidan

Har bir dars: video, topshiriq va tayyor shablon

Darsni ko‘rasiz, topshiriqni o‘z markazingizda bajarasiz va tayyor shablonni o‘zingizga moslaysiz. 10 hafta oxirida tizim markazingizda ishlab turadi.

EduBiz · Sotuv

11-dars / 30
11-dars

15 daqiqa qoidasi va qo‘ng‘iroq skripti

Topshiriq

Kechagi lidlarni oching: har biriga necha daqiqada qo‘ng‘iroq qilingan? Raqamlarni jadvalga yozing.

Qo‘ng‘iroq skriptiLidlar jadvali
  • 30 ta videodarsQisqa va amaliy. Istalgan vaqtda, telefondan ham ko‘rasiz.
  • Har darsdan keyin topshiriqMarkazingizda bajariladigan bitta aniq ish — o‘qib qo‘yish bilan qolmaydi.
  • Shablon va jadvallarQo‘ng‘iroq skripti, ustoz shartnomasi, KPI va moliya jadvallari tayyor holda.
  • 10 haftalik rejaO‘z sur’atingizda o‘qiysiz. Kurs xarid kunidan 12 oy ochiq turadi.
  • Jonli savol-javobHar hafta Zoom’da ochiq savol-javob. Premium va VIP tariflarida.
  • Natijalar kuniHar oy kursni tugatganlar 90 kunlik rejasi va «oldin va keyin» raqamlarini taqdim etadi.

Kursdan bir parcha

Kursda nimalarni bilib olasiz

XAVF: «teshik chelak»

Reklamaga pul tashlab, chiqib ketayotgan o‘quvchilar o‘rnini to‘ldiryapsizmi? Bu eng qimmat xato. Ketishni oldindan bildiradigan 5 signalni o‘rganasiz.

17-dars

01

Lid aynan qayerda «o‘ladi»

Deyarli hamma markaz qiladigan xato — qo‘ng‘iroq kech qilinadi. 15 daqiqa qoidasi va menejer uchun tayyor skript.

11-dars

02

«Arzon narx yutadi» afsonasi

Nega chegirma o‘sish bermaydi va narxni pasaytirmasdan sotishning 3 qoidasi.

13-dars

03

Ustoz ketsa ham o‘quvchi qoladi

O‘quvchini markazga bog‘laydigan dastur va ustoz shartnomasidagi 3 muhim band.

5–7-darslar

04

Markazni o‘lchaydigan 8 ta raqam

Ularni bilmasangiz, ko‘zni yumib mashina haydagandek bo‘lasiz. Har hafta nimaga qarash kerakligini bilib olasiz.

4-dars

Kurs dasturi

7 modul, 30 dars. Har moduldan aniq natija

Modulni bosing — darslar va undan keyin markazingizda nima o‘zgarishini ko‘rasiz.

011-modul · 1-hafta · 4 darsDiagnostikaMarkazingiz qayerda turganini raqamlarda ko‘rasiz

Darslar

  • 1-darsO‘quv markazni o‘stirmaydigan 3 xato
  • 2-darsKursdan natija oladiganlarning 4 belgisi
  • 3-darsKursdan maksimal foyda olish qoidasi
  • 4-darsMarkazni o‘lchaydigan 8 ta raqam

Moduldan natija

  • Markazingizdagi eng katta muammoni aniq bilasiz
  • 8 ta asosiy raqamni hisoblashni o‘rganasiz
  • 90 kunlik aniq maqsad qo‘yasiz
  • Kursdan qanday qilib maksimal natija olishni bilasiz
022-modul · 2–3-hafta · 5 darsUstozlarKuchli jamoa va dars sifati nazorati

Darslar

  • 5-darsO‘quvchini ushlab turadigan dastur siri
  • 6-darsKuchli ustoz topishning 4 manbasi
  • 7-darsUstoz shartnomasidagi 3 muhim band
  • 8-darsDarsga kirmasdan sifatni nazorat qilish usuli
  • 9-darsOta-onani mamnun qiladigan oylik hisobot

Moduldan natija

  • Kuchli ustozni qayerdan va qanday topishni o‘rganasiz
  • Ustoz ketganda o‘quvchilaringizni yo‘qotmaysiz
  • Dars sifatini darsga kirmasdan nazorat qilasiz
  • Ota-onalar har oy farzandining natijasini ko‘rib boradi
  • Ustoz yollash tartibi va shartnoma shabloniga ega bo‘lasiz
033-modul · 4-hafta · 4 darsSotuvHar bir murojaatni shartnomaga aylantirish

Darslar

  • 10-darsKuchli menejer tanlashning 5 mezoni
  • 11-dars15 daqiqa qoidasi va qo‘ng‘iroq skripti
  • 12-darsSinov darsini shartnomaga aylantirish usuli
  • 13-darsChegirmasiz sotishning 3 qoidasi

Moduldan natija

  • Har bir lid 15 daqiqa ichida qayta ishlanadi
  • Menejeringiz tayyor skript bilan gaplashadi
  • «O‘ylab ko‘raman» deganlarni qaytarishni o‘rganasiz
  • Narxni chegirmasiz himoya qilishni o‘rganasiz
  • Sinov darsidan keyin shartnomaga yoziladiganlar ko‘payadi
044-modul · 5-hafta · 4 darsBoshqaruvCRM, reglamentlar va KPI bilan ishlaydigan tizim

Darslar

  • 14-darsCRMni to‘g‘ri sozlash tartibi
  • 15-darsSizsiz ishlaydigan reglamentlar tizimi
  • 16-darsXodimni natijaga undaydigan KPI siri
  • 17-darsO‘quvchi ketishini oldindan bildiruvchi 5 signal

Moduldan natija

  • Barcha lid va o‘quvchilar bitta CRMda turadi
  • Har bir xodim nima qilishini va qanday baholanishini biladi
  • Har bir mayda masala bilan sizga qo‘ng‘iroq qilishmaydi
  • O‘quvchi ketishini oldindan ko‘rib, oldini olasiz
055-modul · 6–7-hafta · 6 darsMarketingBarqaror lid oqimi va hisob-kitobli reklama

Darslar

  • 18-darsIdeal o‘quvchi portretini tuzish usuli
  • 19-darsTelegram va Instagramdan lid olishning 3 qoidasi
  • 20-darsTargetolog bilan ishlashning 5 sharti
  • 21-darsOflayn reklamani hisob bilan qilish usuli
  • 22-darsSarafanni tizimga aylantirish siri
  • 23-darsBitta o‘quvchi narxini hisoblash formulasi

Moduldan natija

  • Reklamani hamma uchun emas, aniq odamga qilasiz
  • Telegram va Instagramni lid keltiradigan qilib yuritasiz
  • Targetologni raqamlar bilan nazorat qilasiz
  • Sarafanni tasodifga emas, tizimga aylantirasiz
  • Bitta o‘quvchi sizga qanchaga tushayotganini bilasiz
066-modul · 8-hafta · 4 darsMoliyaAniq foyda, pul oqimi, zararsizlik nuqtasi

Darslar

  • 24-dars1 sahifalik foyda-zarar hisoboti
  • 25-darsKassada pul uzilmasligining 3 qoidasi
  • 26-darsXarajatni kamaytirishning 3 yo‘li
  • 27-darsGuruhning zararsizlik nuqtasi formulasi

Moduldan natija

  • Har oy foydangizni aniq bilasiz
  • Pul oqimini oldindan rejalashtirasiz, kassada uzilish bo‘lmaydi
  • Keraksiz xarajatlardan qutilasiz
  • Har bir guruh qachon foydaga chiqishini bilasiz
077-modul · 9-hafta · 3 darsFiliallarIkkinchi filialni hisob bilan ochish va boshqarish

Darslar

  • 28-darsFilialga tayyorlikni ko‘rsatuvchi 5 belgi
  • 29-darsFilial ochishdagi yashirin xarajatlar
  • 30-darsFiliallarni masofadan boshqarish tizimi

Moduldan natija

  • Filial ochishga tayyormisiz yoki yo‘qmi — aniq bilasiz
  • Filial ochishdagi yashirin xarajatlarga tushib qolmaysiz
  • Har bir filialni o‘zingiz turmasdan nazorat qilasiz
  • Barcha filiallar bir xil standartda ishlaydi

Kurs oxirida

Natijalar kuni

Kursni tugatgan har bir ishtirokchi 90 kunlik rejasini tuzadi va «oldin va keyin» raqamlarini topshiradi. Har oy tugatganlar uchun umumiy onlayn Natijalar kuni o‘tkaziladi.

Qayerdan boshlaysiz

Markazingiz katta yoki kichik bo‘lsin — boshlash nuqtasi aniq

7 modul hammaga to‘liq ochiq. Lekin har bir markazda eng og‘riqli joy har xil. O‘quvchi soningizni toping va Diagnostikadan keyin qaysi modullarga ko‘proq kuch berish kerakligini ko‘ring.

0–50

o‘quvchi

Endi oyoqqa turayotgan markaz

Ko‘p ishni o‘zingiz qilasiz, o‘quvchilar asosan tanishlar orqali keladi.

Avval shu modullar

  • 03Sotuv
  • 05Marketing
  • 02Ustozlar

50–150

o‘quvchi

O‘sayotgan, lekin beqaror markaz

Lid bor, lekin o‘quvchilar 2–3 oyda ketadi, ko‘p narsa ustozlarga bog‘liq.

Avval shu modullar

  • 02Ustozlar
  • 04Boshqaruv
  • 03Sotuv

150–300

o‘quvchi

Katta, lekin hammasi sizga bog‘liq

Har bir savol sizga keladi, oy oxirida foyda aniq ko‘rinmaydi.

Avval shu modullar

  • 04Boshqaruv
  • 06Moliya
  • 05Marketing

300+

o‘quvchi

Filial haqida o‘ylayotgan markaz

Keyingi qadam: ikkinchi filial yoki borlarini bitta standartga solish.

Avval shu modullar

  • 06Moliya
  • 07Filiallar
  • 04Boshqaruv

Bu umumiy yo‘nalish. Menejer suhbatda markazingizga qarab aniqroq aytib beradi.

Nega bu kurs

Ko‘p markazlar yillab bir joyda qotib qoladi

Ularda ayb yo‘q: o‘quv markazni boshqarishni hech kim o‘rgatmaydi. Markaz egasi odatda yaxshi ustoz bo‘lgani uchun markaz ochadi, keyin sotuv, moliya, jamoa va reklamani o‘zi sinab-xato qilib o‘rganadi.

Siz bilan bunday bo‘lishi shart emas. Nega yillarni o‘zingiz topishga sarflash kerak? Tayyor reja bilan ko‘proq o‘quvchi, kamroq bosh og‘rig‘i va aniq foydaga tezroq yetasiz.

Tayyormisiz?

Ariza qoldirish

Vaqt masalasi

«Vaqtim yo‘q, markazni tashlab o‘qiyolmayman»

Buni eng ko‘p eshitamiz. Vaqt yetmasligining sababi ko‘pincha bitta: markazdagi hamma ish sizga bog‘liq. Kurs aynan shu bog‘liqlikni kamaytiradi va buning uchun markazni tashlab ketish shart emas.

Darslar qisqa

Telefondan, yo‘lda yoki ish orasida ko‘rasiz. Haftasiga taxminan 3 ta dars.

Topshiriq — markazingizdagi ish

Qo‘ng‘iroq skripti, ustoz shartnomasi, moliya jadvali — bularni baribir qilishingiz kerak. Kursda ular tayyor shablon bilan beriladi.

12 oy ochiq

Bir hafta band bo‘lsangiz, keyingi hafta davom etasiz. Reja 10 haftalik, lekin shoshilish shart emas.

Sizga mosmi?

Kurs ishlab turgan markazlar uchun

Kimlar uchun

  • O‘quv markaz egasi yoki asoschisiMarkaz ishlayapti, endi uni tizimga solib, o‘stirmoqchisiz.
  • 1–3 filialli markazlarKeyingi filialga tayyorlanayotgan yoki borini tartibga solmoqchi bo‘lganlar.
  • Direktor va boshqaruvchilarMarkazni uning egasi nomidan boshqaradigan rahbarlar.

Kimlar uchun emas

  • Hali markaz ochmaganlarKo‘p topshiriqlar ishlab turgan markazda bajariladi. Markaz ochilgach qaytib keling.
  • Tez va oson yo‘l qidirayotganlarTizim bir necha hafta davomida, qadam-baqadam quriladi.
  • Topshiriqqa vaqt ajratmaydiganlarNatija markazingizda bajarilgan topshiriqlardan keladi. Faqat video ko‘rish yetmaydi.

Kurs mualliflari

Kursni o‘quv markaz ichida ishlagan ikki amaliyotchi tuzdi

Kursdagi har bir dars o‘zimiz ishlab, sinab ko‘rgan narsalardan yig‘ilgan.

Dilshodbek Mo‘ydinov

Dilshodbek Mo‘ydinov

«Registon» o‘quv markazi operatsion direktori

4 yil

«Registon»ning Farg‘ona va Andijon filiallarida

2×

qabul bir oyda: 15 → 30+

  • 2022-yildan o‘quv markaz sohasida. «Registon»da moliya menejeri bo‘lib ish boshlagan.
  • 4 yil «Registon»ning Farg‘ona va Andijondagi filiallarida operatsion bo‘lim boshqaruvchisi va filial rahbari bo‘lgan.
  • Sotuv bo‘limi rahbari — Farg‘onadagi «IELTS Zone» o‘quv markazida.
  • 2× qabul — bir markazda oylik qabulni bir oyda 15 tadan 30 tadan oshirgan.
  • Hozir — «Registon» o‘quv markazi operatsion direktori.
Operatsion boshqaruvFiliallarMoliyaSotuv bo‘limi
@dilshodbek_moydinov
Muhammadqodir Sayidov

Muhammadqodir Sayidov

O‘quv markazlar marketologi · o‘sish menejeri

3 000+

o‘quvchi «Registon»ning bitta binosida

2022

yildan ta’lim marketingida

  • 2019-yil — faoliyatini ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib boshlagan.
  • 2022-yildan o‘quv markaz va ta’lim sohasida marketing bilan shug‘ullanadi.
  • 3 000+ o‘quvchi — Farg‘onadagi «Registon» o‘quv markazida jamoa bilan bitta binoda shuncha o‘quvchi yig‘ishga erishgan.
  • 2025-yilgacha turli hajmdagi o‘quv markazlarida marketing va sotuv bo‘limini tizimlashtirishda qatnashgan.
MarketingSotuv bo‘limiReklamaLidlar
@muhammadqodir_maktab

Yana bir parcha

Raqamlar bilan boshqarishni o‘rganasiz

Reklama, guruh va filial bo‘yicha qarorni aniq hisob bilan qabul qilasiz.

  • Targetologni raqam bilan nazorat qilish

    Reklama puli qayerga ketayotganini bilish uchun 5 ta shart.

  • Bitta o‘quvchi sizga qanchaga tushadi

    Reklamaga sarflangan pul nechta o‘quvchiga aylanganini hisoblash formulasi.

  • Guruh qachon foydaga chiqadi

    Zararsizlik nuqtasini bitta formula bilan topasiz — yangi guruhni ochishdan oldin.

  • Filialdagi yashirin xarajatlar

    Ikkinchi filialda ko‘pchilik tushib qoladigan xarajatlar va ularni oldindan hisoblash.

  • Sizsiz ishlaydigan reglamentlar

    Har bir mayda masala bilan sizga qo‘ng‘iroq qilishmasligi uchun.

Tariflar

Uchta tarif. Mosini menejer bilan tanlaysiz

Barcha tariflarda 7 modul va 30 dars to‘liq. Farqi — qancha yordam va nazorat olishingizda. Narx va bo‘lib to‘lash shartlarini menejer qo‘ng‘iroqda aytadi.

Standart

Mustaqil o‘rganishni yoqtiradigan markaz egalari uchun

  • 30 ta videodars, 7 modul
  • Shablonlar, checklistlar, jadvallar
  • Telegram guruhda savol-javob
  • 12 oy kirish
Tavsiya

Premium

Natijani nazorat bilan olmoqchi bo‘lganlar uchun

Standartdagi hamma narsa, va:

  • Har hafta ochiq jonli savol-javob (Zoom)
  • Kurator topshiriqlaringizni tekshiradi va doim javob beradi
  • Kursni tamomlaganlik sertifikati
  • Pulni qaytarish va «Tizim kafolati»

Birinchi 15 ta xaridor uchun maxsus narx

VIP

Shaxsiy yondashuv kerak bo‘lgan katta markazlar uchun

Premiumdagi hamma narsa, va:

  • Markazingizga shaxsiy audit
  • Mutaxassis bilan 4 ta 1:1 sessiya
  • Administratoringiz uchun skript treningi

O‘rinlar soni cheklangan

Kurs narxini bir martada yoki 2–3 qismga bo‘lib to‘lash mumkin. To‘lov 21 kun ichida yopiladi.

Kafolat · Premium va VIP tariflarida

Pulni qaytarish

Xarid kunidan 2 hafta ichida kurs sizga to‘g‘ri kelmasa — pulingiz qaytariladi.

«Tizim kafolati»

Barcha topshiriqlarni bajarib, tizim ishlamasa — yana 1 oy bepul birga ishlaymiz.

Ariza

Ariza qoldiring — menejer mos tarifni tanlashga yordam beradi

Menejer 24 soat ichida qo‘ng‘iroq qiladi yoki Telegram’da yozadi va markazingiz haqida so‘raydi. Suhbat sizni hech narsaga majburlamaydi.

Suhbatda bilib olasiz:

  • Markazingiz uchun qaysi modullardan boshlash kerakligi
  • Qaysi tarif sizga mos va uning narxi
  • Bir martada yoki 2–3 qismga bo‘lib to‘lash variantlari
  1. 1-qadam

    Ariza qoldirasiz

    3 ta qisqa savolga javob berasiz. 1 daqiqa oladi.

  2. 2-qadam

    Menejer bog‘lanadi

    Qo‘ng‘iroq yoki Telegram orqali markazingiz haqida so‘rab, mos tarifni tanlashga yordam beradi.

  3. 3-qadam

    Darslar ochiladi

    To‘lovdan keyin shu kuni kursga kirasiz va birinchi moduldan boshlaysiz.

Bu kurs markazini jiddiy o‘stirmoqchi bo‘lganlar uchun. Birinchi 15 ta xaridor Premium tarifni maxsus narxda oladi.

1-savol / 3

Markazingizda hozir nechta o‘quvchi bor?

Savol-javob

Ko‘p beriladigan savollar

Kurs narxi qancha?

Narx tarifga bog‘liq: Standart, Premium yoki VIP. Menejer markazingiz holatini bilib, mos tarifni va narxini aytadi. Bir martada yoki 2–3 qismga bo‘lib to‘lash mumkin.

Darslar qachon boshlanadi?

Kurs o‘z sur’atingizda o‘qiladi, guruh yig‘ilishini kutish shart emas. To‘lovdan keyin darslar shu kuni ochiladi.

Haftasiga qancha vaqt kerak bo‘ladi?

Tavsiya etilgan reja — 10 hafta, haftasiga taxminan 3 ta dars va topshiriqlar. Shoshilish shart emas: kurs xarid kunidan 12 oy ochiq turadi.

Markazim kichik. Menga ham to‘g‘ri keladimi?

Ha. Tizimni markaz kichikligida qurish osonroq. Kurs ishlab turgan, 1–3 filialli markazlar uchun mo‘ljallangan. Markaz hali ochilmagan bo‘lsa, ko‘p topshiriqlarni bajarib bo‘lmaydi.

Kurs to‘g‘ri kelmasa-chi?

Premium va VIP tariflarida xarid kunidan 2 hafta ichida pulingiz qaytariladi. Barcha topshiriqlarni bajarib, tizim ishlamasa — yana 1 oy bepul birga ishlaymiz.

Savollarimga kim javob beradi?

Standart tarifda — Telegram guruhda. Premium va VIP’da kurator topshiriqlaringizni tekshiradi va doim javob beradi, har hafta jonli savol-javob ham bo‘ladi.

P.S. Kutish ham bepul emas: tizimsiz o‘tgan har oy — ketgan o‘quvchilar, kech qilingan qo‘ng‘iroqlar va ko‘rinmagan foyda. Premiumdagi maxsus narx faqat birinchi 15 ta xaridor uchun.

Ariza qoldirish
Ariza qoldirish